Asosiy aybdorlardan biri Ventura iste'foga chiqdi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 04:32
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura bugungi natijadan so'ng iste'foga chiqqanligini e'lon qildi.

69 yoshli mutaxassis boshchiligida Italiya terma jamoasi 1958 yildan buyon ilk bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Skuadro Adzurro o'z maydonida Shvetsiya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. 

E'tiborlisi shundaki, 1958 yilgi mundial aynan Shvetsiya yashil maydonlarida o'tkazilgan edi. O'z uyida Italiyadan 1:0 hisobida ustun kelgan Shvetsiya kelasi yili Rossiyaga boradi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: