Artur Gevorkyan final oldidan Elguja va Boydullaevga omad tiladi

Tolibjon Qosimov
30 noya 2019, 13:20
Xabaringiz bor, joriy mavsum mamlakatimizda ilk bor Liga kubogi o'tkazilmoqda.

Uning finaliga Toshkentning "Paxtakor" hamda Olmaliqning AGMK jamoalari yetib kelishgan. Liga kubogi finali 4 dekabr kuni 15:00da bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi bellashuvga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi.

Liga kubogi finali oldidan o'zbek futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli legionerlardan biri Artur Gevorkyan AGMK futbolchilari Erkin Boydullaev hamda Elguja Grigalashviliga omad tiladi. "Omad tilayman, do'stlarim! Kubok finali", - deb yozdi turkmanistonlik futbolchi.



Eslatib o'tamiz, Artur Gevorkyan 2017 va 2018 yilgi mavsumlarda "Qizilqum" jamoasi tarkibida Grigalashvili hamda Boydullaevlar bilan birga to'p tepgan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia