"Arsenal" o'z darvozabonini 3-marta ijaraga berdi

Mirjalol Normatov
19 avg 2023, 00:16
"Arsenal" darvozabon Runar Runarssonni uchinchi marta ijaraga berdi.

Islandiyalik posbon endi Chempionship vakili "Kardiff Siti" sharafini himoya qiladi.

"Arsenal" 2020 yili Runarssonni "Dijon"dan tarkibiga qo'shib olgandi. Shundan keyin u Belgiyaning "Leven" va Turkiyaning "Alanyaspor" jamoalari sharafini himoya qildi.

London klubi tarkibida u 6 uchrashuvda maydonga tushgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal