"Arsenal" "Nyukasl" yulduzini kuzatmoqda

"Arsenal" ehtimoliy transfer arafasida "Nyukasl Yunayted" qanot yarim himoyachisi Entoni Gordonni kuzatib bormoqda.

Angliya terma jamoasi futbolchisi "Arsenal" tomonidan ko'rib chiqilayotgan bir nechta vingerlar qatoriga kiradi. Ularning "orzudagi" maqsadi "Atletiko"dan Xulian Alvares hisoblanadi.

25 yoshli Gordon eng yuqori saviyada o'ynashga intiladi va xabar qilinishicha, u "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan ishlashdan xursand bo'lar edi. Entoni joriy mavsumda "Nyukasl" safida 45 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: TEAMtalk