APLning 3 ta klubi Verrattini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2025, 19:34
Qatarning "Al Arabi" jamoasi yarim himoyachisi Marko Verratti Yevropaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 32 yoshli italiyalikning xizmatlariga Angliya Premer-ligasining 3 ta vakili qiziqish bildirmoqda. Gap "Fulxem", "Vest Xem" va "Bornmut" haqida ketmoqda.

Verratti 2023 yildan buyon Qatarda o'ynamoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 14 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.

Yarim himoyachining jamoa bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi. Transfermarkt portali xavbekning narxini 13 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: azscore.com