APLda yangi rekord o'rnatildi

Eldor Akmurzayev
4 may 2019
Angliya chempionatining 37-turida Vulverxempton o'z uyida Fulxem ustidan minimal hisobda (1:0) ustun keldi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Xarvi Elliott musobaqadagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. Shuningdek, bugun debyutini nishonlagan Elliott APL tarixida maydonga tushgan yoshi eng kichik (16 yosh, 30 kun) futbolchi sifatida rekord o'rnatdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka