APL klubi PSJ himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
8 avg 2019, 16:53
Fransiyalik himoyachi Romarik Yapi faoliyatini Angliyada davom ettiradigan bo'ldi.

PSJning yoshlar jamoasida o'ynaydigan Romarik Yapi "Brayton" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Fransiyalik yosh futbolchi asosan o'ng qanot himoyasida o'ynaydi, shuningdek u yarim himoyada ham o'ynay oladi.

Romarik Yapi yakunlangan mavsum Chempionlar Ligasining yoshlar musobaqasida 9ta o'yin o'tkazib, 1ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: brightonandhovealbion.com