"Andijon" murabbiyi: "Faoliyatimda bunday holatga ilk bor duch keldim"

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2020, 21:41
Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirdi.

"21 kun jismoniy tayyorgarlikni maromiga keltirish uchun etarli bo'lmadi. Shu sababdan zaxiradagi futbolchilarimizdan foydalandik.

Ikkita penaltidan gol urgan bo'lsakda yakunda g'alabani qo'ldan chiqardik. Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g'alaba bilan qaytardik. So'nggi daqiqalarda diqqatni yo'qolishi hisobni tenglashishiga olib keldi. Ikkala jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Yuqori darajada bahsni o'tkazib berishdi.

Tomoshabinlarsiz o'yin? Faoliyatimda bunday holatga ilk bor duch kelishim. O'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushganimizda ham muxlislarimiz stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turardi.

Beshta futbolchi almashtirishga munosabatim qanday? Yuqorida ham aytib o'tdim 20 kun jismoniy tomondan tiklanishga yetmaydi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarni aybdor qilmoqchi emasman. Yutuq va mag'lubiyat bari jamoaniki. Lekin, zaxiradan qo'shilgan o'yinchilar o'zini oqlamadi.Ulardan o'yinni kuchaytirishlarini kutgandik. Bizda "Buxoro"ga qaraganda vaziyatlar ko'proq bo'ldi", - deydi Diyor Mirzaboev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia