

AFCAMDEN ma'lumotlariga qaraganda, "Arsenal" transfer imkoniyatini o'rganish uchun Ekitike vakillari bilan bog'langan.
Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik hujumchi "Enfild"dagi holatidan norozi.
23 yoshli Ekitike yozda "Liverpul"ga Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 95 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. U yangi jamoasi safida barcha musobaqalarda 8 o'yinda 5 ta gol urdi.
Avvalroq "Liverpul" Ekitikeni intizomsizligi uchun jazolagan edi.



