Amazon "Tottenxem" haqida hujjatli film suratga oladi

18 okt 2019, 21:35
Amazon va "Tottenxem" London klubi xususida film yaratish bo'yicha kelishib olishdi.

All or Nothing (Barchasi yoki hech qaysi) hujjatli filmining navbatdagi seriyasi "shporlar"ning joriy mavsumdagi ishtiroki, klub yangi stadionining qurilishi va mahalliy yashovchilarga ta’siri haqida tasvirga olinadi. 

Suratga olish ishchi guruhi jamoaning yig'ilish va kiyim almashtirish xonasiga kirishga ruxsat etilgan. Film kelasi yili, 2019/2020 mavsumining yakunida efirga chiqshi rejalashtirilgan. 

O'tgan yili, mazkur film seriyasi "Manchester Siti" to'g'risida bo'lgandi. 


Manba: tottenhamhotspur.com