Alvaro Morata Ispaniyaga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
15 fev 2026
"Komo" forvardi Alvaro Morata La Ligaga qaytishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Xetafe" qiziqish bildirmoqda. Morataning o'zi ham Ispaniyaga qaytishni istisno qilmayapti.

Forvard joriy mavsumda "Komo" safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Alvaro Morataning narxini 8 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com