Bu ikki futbolchi Rossiya Kubogi RPL yo'li final javob o'yini doirasida to'qnashib kyetishgan, natijada moskvaliklar golkiperi o'yinni davom ettira olmagandi. Keyinroq "armiyachilar"ning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo darvozabon Toropning jag' qismidagi ikkita suyak cingani va miya chayqalishi tashxisi qo'yilganini ma'lum qildi.
"Bugungi bellashuvda ko'ngilsiz vaziyat yuz berdi va men Vladislav Toropdan kechirim so'rab, unga sog'lik tilamoqchiman. Men to'pga intildim va unga nisbatan qo'pollik ishlatish niyatida emasdim. Bunday bo'lganidan qattiq afsusdaman. Vladislav, umid qilamanki, sen tezda davolanib, safga qaytasan".