Aleks Telles safga qaytdi

Mirjalol Normatov
6 noya 2020, 23:38
"Manchester Yunayted"ning chap qanot himoyachisi Aleks Telles koronavirusni engib, safga qaytdi.

27 yoshli braziliyalik bugun koronavirus testini topshirdi va undan manfiy natija olganidan so'ng, mashg'ulotlarga qaytishiga ruxsat berildi.

Bir oy oldin 15 mln evro evaziga sotib olingan futbolchi "Everton"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin bo'ladi.

Hozircha Telles MYU tarkibida faqatgina bir o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal