"Al Nassr" Braziliyadan hujumchi olib kelmoqda

Alisher
25 avg 2024, 11:52
"Al Nassr" "Korintians" hujumchisi Ueslining o'tishi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 19 yoshli braziliyalik uchun 20 million evro to'laydi. Yana 5 million bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Ueslining "Korintians" bilan shartnomasi 2027 yilning so'nggida yakuniga etadi. Vinger klub safida 84ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano