Ahror Risqullaev Superligada yubiley o'yinini boshqardi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2025
Tajribali hakam Ahror Risqullaev O'zbekiston Superligasida "Neftchi" – "Dinamo" bahsida bosh hakam sifatida 100-o'yinida ishladi (avvalgi mavsumlar ham qo'shib hisoblanganda).

Uning statistikasi:

35 ta uchrashuvda mezbonlar g'alaba qozongan.

32 ta uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozongan.

33 ta o'yinda durang qayd etilgan.

Umumiy hisobda 216 ta gol urilgan.

405 ta sariq kartochka.

17 ta chetlatish - 9 tasi ikkinchi sariq kartochkadan keyin, 8 tasi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka.

28 ta penalti belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази