Zommer "Inter"ga o'tish arafasida

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 16:07
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Bavariya" darvozaboni Yann Zommer "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaga ko'ra, 34 yoshli shveytsariyalik posbon bilan kelishuv 2025 yilning yoziga qadar hisoblab chiqiladi.

Zommer 2022/23 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 25 ta o'yinda qatnashib, 8 ta o'yinda darvozani "quruq" saqladi va 31 ta gol o'tkazib yubordi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira