Ziesh "Chelsi"ga qaytmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
9 may 2024
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Xakim Ziesh to'laqonli ravishda "Galatasaroy"ga o'tadi.

Sababi kelishuvdagi maxsus band kuchga kirgan. Eslatib o'tamiz, turk klubi futbolchini "Chelsi"dan ijaraga olgandi.

Joriy mavsum Ziesh Turkiya Superligasi va UEFA Chempionlar Ligasida 21 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali 31 yoshli vingerning transferini 9,5 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо