Jyulen Goryus: "Kievning "Dinamo" klubi YCHLda o'ynashi kerak"

Tolibjon Qosimov
20 sen 2013, 12:45
"Genk" yarim himoyachisi Jyulen Goryus Yevropa ligasi 1-turidan o'rin olgan Kievning "Dinamo" klubi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– "Dinamo" – juda tajribali klub, – deydi Goryus Voetbal Nieuws nashriga. – Kiev klubining tarkibi Chempionlar ligasi saviyasiga mos keladi. O'tgan mavsumdagi raqiblarimiz "Sporting" va "Bazel" bo'lgandi. Bu safar esa "Dinamo". Bugungi o'yin so'nggida darvozabonimiz bizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru