"Yuventus" "Sassuolo" forvardiga qiziqmoqda

Alisher
7 apr 2022, 14:07
"Yuventus" "Sassuolo" hujumchisi Jakomo Raspadoriga qiziqmoqda.

Turin klubi 22 yoshli italiyalikning vakillari bilan aloqaga chiqdi va yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Raspadori 2021/22 yilgi mavsum "Sassuolo" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 28 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport