

Jumladan, PSJ bilan Yevropa Chempionlar ligasida g'olib chiqqan Luis Enrike 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilib, Kroyf sovrini bilan taqdirlandi.
Xalqaro jurnalistlar o'rtasidagi so'rovnomada ikkitadan nomzod tanlandi va joylashgan o'rniga qarab, 2 va 1 ball bilan baholandi.
O'zbekiston nomidan ovoz bergan championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning tanlovi quyidagicha bo'ldi:
1.Luis Enrike
2.Xans-Diter Flik
E'tiborlisi, 100 nafar jurnalistning 97 nafari ispaniyalik murabbiyni birinchilikka qo'ygan.



