Emiliano Salaning o'limi: "Kardiff"ning apellyaciyasi rad etildi, klub "Nant"ga 480 ming evro to'lashga majbur
Sherzod Nurmatov
30 mar 2026
28 yoshli argentinalik futbolchi 2019 yilning yanvarida "Nant"dan "Kardiff"ga o'tish chog'ida La-Mansh ustida samolyot halokatida vafot etgandi.
Unga yangi klubida o'ynash nasib etmagan.
2023 yilda "Kardiff Siti" futbolchining o'limi natijasida klub tomonidan yo'qotilgan foyda va boshqa zararlar uchun kompensaciya talab qilib sudga murojaat etgan edi.