Aaron Remzi sobiq jamoasiga qaytdi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023
Chempionshipda ishtirok etadigan "Kardiff" klubi o'z tarbiyalanuvchisi Aaron Remzining jamoaga qaytganini ma'lum qildi.

32 yoshli uelslik futbolchining sobiq jamoasi "Nicca" bo'ldi.

So'nggi marta futbolchi "Kardiff"da 2011 yili "Arsenal" futbolchisi sifatida ijarada o'ynagandi.

Aaron faoliyatining katta qismini 2008-2019 yillarda "Arsenal"da o'tkazdi. Keyinchalik A Seriyada "Yuventus" sharafini himoya qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal