Yana bir futbolchi "Navbahor" bilan xayrlashdi

Alisher
30 noya 2024, 20:18
"Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev klub bilan xayrlashdi.

"Hammaga rahmat. Uch yil "Navbahor" jamoasi va muxlislari bilan bir oila bo'lganimdan faxrlanaman. "Navbahor" jamoasiga kelajakda ham omad tilab qolaman", - deb yozdi Boltaboev Instagram'dagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Toma Tabatadze va Jamshid Iskanderov ham Namangan jamoasi bilan xayrlashgandi.



Jamshid Iskanderov "Navbahor"ni tark etdi(mi?) 

Toma Tabatadze "Navbahor" bilan xayrlashdi 



AlisherMuallif
Manba: championat.asia