O'zimizning karikatura. Jamshid Iskanderov nima uchun terma jamoaga chaqirilmadi?

Iskandarov Abdulaziz
22 sen 2022, 19:45
"Championat.asia"da "O'zimizning karikatura" rukni davom etadi.

Joriy mavsum Superligada ajoyib o'yinlar ko'rsatayotgan "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov O'zbekiston terma jamoasining bu yig'iniga taklif etilmadi. 

Srechko Katanets esa: " Iskanderov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Kamerunga qarshi o'ynash boshqa daraja. Ularning eng kichkina futbolchisi 1.80 sm bo'yga ega. Hammasi jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilar. Balki noyabr oyidagi yig'inga Iskanderovni chaqirarmiz",- deya izohladi. 


Shohruh ("Championat.asia" mushtariylari uchun)


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia