Yamayka terma jamoasi futbolchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2023
Hujumchi Andre Grey "Ar Riyod" klubi futbolchisi sifatida tanishtirildi.

"Ar Riyod" 32 yoshli yamaykalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Greyning so'nggi klubi "Aris" (Saloniki) bo'lib, uni erkin agent sifatida tark etgan. Bungacha u butun faoliyatini Angliyada o'tkazgan va u erda "Uotford", KPR, "Byornli", "Brentford" va "Luton" klublarida o'ynagan.

Grey Gretsiyadagi bir yil davomida barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider