Xyoysen yaqin soatlarda "Real"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Sherzod Nurmatov
16 may 2025, 11:42
"Bornmut" himoyachisi 20 yoshli Din Xyoysen yaqin 24 soat ichida "Real"da tibbiy ko'rikdan o'tadi, deb xabar berdi "Sky Sports".

Futbolchi shartnoma tezroq imzolanishini istaydi, ammo hozirgi jamoasining so'nggi ikki o'yinida maydonga tushishga tayyor. U shu yo'l bilan klubga hurmat bajo keltirmoqchi.

"Bornmut" 36 turdan keyin 53 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports