

London klubi hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, argentinalik futbolchi esa o'z agentlarini faoliyatini faqat "Arsenal"da davom ettirmoqchi ekanligi haqida ogohlantirgan. Alvares Deklan Rays va Bukayo Saka bilan birga o'ynashni istashini aytgan.
Xulian Alvares 2024 yilda "Manchester Siti"dan 75 mln evro evaziga "Atletiko"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



