Xitoyda "katta tozalash": kelishilgan o'yinlar mojarosi sabab o'nlab klublar jazolandi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
Xitoy hukumati mahalliy futboldagi korrupsiya bo'yicha tergovni yakunladi.

Uning natijasida ham klublar, ham ma'lum futbolchilarga nisbatan juda qattiq sankciyalar qo'llandi.

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, futbol bilan bog'liq bo'lgan 73 nafar shaxs ushbu sport turida faoliyat yuritishdan umrbod chetlatildi. Ular orasida ilgari "Everton" safida o'ynagan Xitoy milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Li Te, shuningdek, Xitoy futbol assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Chen Syuyyuan ham bor.

Shuningdek, 13 ta klubdan ochkolar olib tashlanadi. Ularning to'qqiztasi mahalliy Superligada ishtirok etadi. Amaldagi mamlakat chempioni "Shanxay Port" mavsumni minus besh ochko bilan boshlaydi.

Eng qattiq jazolardan biri "Shanxay Shenxua" klubiga qo'llandi. Ushbu klubdan 10 ochko olib tashlandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Xinhua