

Hamyurtlarimiz to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi safarda "Lyaoning Xonguy"ga qarshi o'ynab 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Mehmonlar safida Burak Yilmaz dublga erishdi. Krimec uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Sergeev 62-daqiqada almashtirildi.
"Beyjing Goan" 32 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.
Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali
"Lyaoning Xonguy" - "Beyjing Goan" 0:2
Gollar: Burak Yilmaz 77 penalti, 89



