

"Xaydenxaym" "Bavariya" yarim himoyachisi Paul Vannerni ijaraga oldi, deb xabar berdi "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenberg.

Ma'lumotlarga ko'ra, 18 yoshli Vanner sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olindi.
Paul Vanner 2023/24 yilgi mavsumni ham Bundesliga 2 da ijara asosida "Elfersberg"da o'tkazgan va u yerda 28 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.



