Xavi murabbiylik faoliyatidagi 5-sovrinini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
26 fev 2021
"Al Sadd" jamoasi Qatar Kubogi finalida "Al Duhayl"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali "Al Sadd" ustozi Xavi murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Qayd etish kerak, uning qo'l ostidagi "Al Sadd" Qatar Kubogiga ikkinchi bora ega chiqdi.

Bunga qadar Xavining hisobida Shayh Yassim Kubogi, Qatar Yulduzlari Kubogi va Qatar Amiri Kubogi sovrinlariga ega chiqqandi.

Xavi 2019 yilning may oyida "Al Sadd" boshqaruviga kelgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia