Xavi: "Barselona"ga kerak bo'lgan yangi futbolchi - Xoland

Iskandarov Abdulaziz
13 okt 2025, 09:40
Xavidan o'ziga hos javob.

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, shuningdek kataloniya klubining sobiq murabbiyi Xavi jurnalist bilan bo'lgan blic-savol javobda "Barselona"ga qaysi futbolchini imzolash kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

- "Barselona" uchun yangi transfer kim bo'lishi kerak?
- Xoland, - deb javob berdi Xavi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Erling Xoland barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. "Manchester Siti" hujumchisi klub va terma jamoa safida ketma-ket 10 ta o'yinda gol urgan - bu norvegiyalik futbolchining faoliyatidagi eng uzoq samarali seriya hisoblanadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Barca News