PSJ Dembele bilan mojaro fonida Holandga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
20 fev 2026
PSJ "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand bilan bitim imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga qaraganda, francuz grandi "Manchester Siti"da Holandning vaziyati bo'yicha maxfiy so'rov yuborgan.

Aytilishicha, Erlingga bo'lgan qiziqish Usmon Dembele atrofidagi noaniqlik bilan bevosita bog'liq - futbolchining klubdagi kelajagi savol ostida qolgan. Keskinlik Dembele "Renn"dan mag'lub bo'lgandan keyin jamoadoshlarining sadoqatiga omma oldida shubha bildirganidan so'ng yanada kuchaygan.

Inqiroz Dembele Chempionlar Ligasida "Monako"ga qarshi o'yin boshida jarohat sabab almashtirilganidan keyin yanada avj oldi. Uning o'rniga tushgan Dezire Due jamoaga 3:2 hisobida g'alaba qozonishda yordam bergan.

Shu beqarorlik avjida vositachilar francuz vingerining klubni tark etish ehtimolini yashirin tarzda o'rgana boshlagan. Xabar qilinishicha, Premer-liga vakillari bilan allaqachon aloqalar o'rnatilgan, ular orasida "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Chelsi" ham bor.

Qayd etilishicha, norvegiyalik hujumchi bu mavsum barcha musobaqalarda "shaharliklar" safida 37 o'yin o'tkazib, 29 ta gol urgan va 6 ta golli pas bergan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk