Xames Rodriges Yevropaga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
9 noya 2025
Kolumbiyalik xavbek Xames Rodriges Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Real Ovedo" klubi qiziqish bildirmoqda. Xames ayni damda Meksikaning "Leon" klubi sharafini himoya qilmoqda. Xavbekning mehnat shartnomasi dekabr oyida yakunlanadi.

Qayd etilishicha, futbolchi La Ligaga qaytishga ijobiy qaramoqda. Yarim himoyachi Kolumbiya bilan birga Jahon chempionatiga bormoqchi. Xames Rodriges bu mavsum "Leon" safida 16 ta o'yin o'tkazib, uchta gol va ikkita assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com