Xabi Alonso "Real"dan uchta yulduzni sotib olishni so'radi

Alisher Ostonov
25 dek 2025, 23:04
Xabi Alonso "Real"ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan uch nafar futbolchidan iborat short-list tuzdi.

Ispaniyalik murabbiy klubdan "Liverpul"dan Ibrohim Konate va Florian Virc, shuningdek "Shtutgart"dan Anjelo Shtillerni o'z safiga qo'shib olishni so'ragan.

Alonso yaqin transferlar davrida "Real"ning bozorga chiqishi dargumonligini tushunib turibdi. Ammo, mutaxassis kelajakda madridliklar uning iltimosini ko'rib chiqishlarini istardi. "Real" La Liganing 18-turidan keyin 2-o'rinda bormoqda. Xabi Alonso jamoasi 42 ochkoga ega.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com