"Vulverxempton" Benteke bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
20 iyul 2022, 14:57
"Vulverxempton" "Kristal Pelas" hujumchisi Kristian Bentekaga qiziqmoqda.

"Bo'rilar" Fabiu Silva "Anderlext"ga ijaraga berilganidan so'ng 31 yoshli belgiyalik nomzodini ko'rib chiqishni boshladi.

Oldinroq, Bentekening JCH-2022 oldidan ko'proq o'yin amaliyoti olish uchun jamoasini o'zgartirishga tayyor ekani aytilgan edi.

Benteke o'tgan mavsum "Kristal Pelas" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi. Futbolchi mavsumning ikkinchi qismida asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va zaxira tez-tez qoladigan bo'ldi.

Transfermarkt Bentekeni 6 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Sun