Vudvord - APLda eng ko'p maosh to'langan funkcioner

Mirjalol Normatov
6 yanv 2021, 22:22
"Manchester Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvord APLda eng ko'p maosh to'lanadigan funcioner hisoblanadi.

"The Times" xabariga ko'ra, u o'tgan mavsum davomida barchadan ko'p maosh olgan - 3,09 mln funt. 

2018/19 yilgi mavsumda "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi eng ko'p maosh olgan funkcioner bo'lgandi. O'shanda u bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 10 mln funt ishlab topgandi.

2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, uning hisob raqami 2,96 mln funt bilan boyidi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times