Vohid Shodiev Dinamo ko'rigida

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019
O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Vohid Shodiev ayni damda “Dinamo” jamoasi ko'rigida ishtirok etmoqda.

O'tgan mavsumni Muborakning “Mashal” klubida o'tkazgan 32 yoshli hujumchi bugun Navoiyda o'tgan “Dinamo”ning “Qizilqum”ga qarshi o'yinida Samarqand jamoasi zaxira o'rindig'idan joy oldi. Murabbiylar ko'rigidan keyin futbolchining klubda qolish-qolmasligi aniq bo'ladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz