Vissam ben Yeddyerda koronavirus aniqlandi

Futbolchi Fransiya terma jamoasiga FIFA kunlaridagi o'yinlarda yordam bera olmaydi.

Franciya terma jamoasi yig'inlariga jalb etilgan Vissam ben Yedderning koronavirusga topshirgan testi unda infekciya borligini ko'rsatdi. Natijada futbolchi terma jamoa ixtiyorini tark etdi. Hujumchi o'zini o'zi yakkalash rejimiga o'tishdan oldin yana bir bor test topshiradi. Bu test futbolchining FIFA kunlaridan so'ng “Monako” safida maydonga tushish yoki tushmasligiga oydinlik kiritadi.

Ma'lumot uchun, Fransiya terma jamoasi 14 noyabrda Portugaliya bilan, 17 noyabrda esa Shvetsiya bilan o'ynaydi.


Manba: Sport Express