Villian va Fabian Ruis ispan jamoasi tarkibini kuchaytirishadi

19 noya 2019, 22:14
Ular o'z klublari bilan hamkorlikni davom ettirishdan bosh tortishmoqda.

"Chelsi" yarim himoyachisi Villian va "Napoli" futbolchisi Fabian Ruis "Barselona" klubi safiga qo'shilishni xohlashmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, braziliyalik yarim himoyachi London klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Fabian Ruis esa Italiya klubi safini qishdayoq tark etishni xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ruisga "Manchester Siti" va "Real Madrid" klublari ham qiziqish bildirmoqdalar.



Manba: Sky Sports