

"Biz uchun bugun o'yin emas, fojia bo'ldi. 2:0 hisobida oldinda borib, so'nggi 20 daqiqada uchta gol o'tkazib yuborish... Bilmadim. Ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olganimizdan keyin hech nima o'xshamadi, kurashlarni ham yutqazdik. Aslida aksincha ishonch berishi kerak edi, balki yigitlar 2:0dan qo'rqib kyetishgandir. Balki 1:0 bo'lib turganida yutarmidik.
Biz "Metallurg" bilan bahsda ham so'nggi uch daqiqada ikkita gol o'tkazib yuborib, yutqazgandik.
Yetakchilarga qarshi yaxshi o'ynayapmiz? Undan ko'ra yomon o'ynab natija qayd etganimiz yaxshi edi", - dedi Viktor Kumikov.



