Vidal yangi jamoasi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022
Chililik xavbek Arturo Vidal "Inter"ni tark etib, Janubiy Amerikaga yo'l olishi kutilmoqda.

Argentinalik jurnalistlarning xabariga ko'ra, 35 yoshli Vidal "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin turibdi. "Neradzurri" Arturoning xizmatlariga ortiq muxtoj emas, shu sababli u bilan shartnoma bekor qilinadi. Uning klub bilan kelishuvi yana bir yil davom etishi kerak edi.

Vidal "Inter" tarkibida 2020 yil sentyabridan buyon harakat qilayotgandi. O'tgan mavsumda u 28 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal