Veynaldum og'ir jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2022
Yozda PSJdan “Roma”ga kelib qo'shilgan Jorjino Veynaldum mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.

U jamoaviy tarzda ikkiga bo'linib o'tkazilgan bahsning oxirgi daqiqalarida sherigi bilan to'qnashib kyetib, katta boldir suyagini sindirib oldi. Niderlandiyalik 3 oyga yaqin muddatni lazaretda o'tkazishi aytilmoqda.

Agar taxminlar tasdiqlansa, 31 yoshli o'yinchi Qatardagi mundial startiga qadar tuzalishi mumkin. Navbatdagi jahon chempionati 20 noyabrda start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia