"Veneciya" Nani bilan shartnomani bekor qildi

Alisher
9 iyul 2022
"Veneciya" rasmiy saytida hujumchi Luish Nani bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnoma bekor qilingani haqida e'lon qilindi.

35 yoshli portugaliyalik erkin agentga aylandi.

Nani 2022 yilning yanvarida "Veneciya" o'yinchisiga aylangandi. U A Seriya doirasida o'tgan mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Oldinroq, Nani "Orlando Siti", "Sporting", "Lacio", "Valensiya", "Fenerbaxche" va "Manchester Yunayted" jamoalarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: veneziafc.it