Vandallar Zlatanning "burnini" yulib olishdi

Mirjalol Normatov
22 dek 2019
Shvetsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovichning haykaliga vandallar tomonidan yana bir bor zarar etkazildi.

Mahalliy aholining ayrim vakillari futbolchining haykali burun qismini yulib olgan. Shuningdek, haykalni kulrangga bo'yab kyetishgan.

Vandallar futbolchi haykalining avvaliga chap oyog'ini sindirib olishgandi. Bunga asosiy sabab sifatida 38 yoshli futbolchi o'z tvitterida "Malme"ning asosiy raqiblaridan biri bo'lgan "Xammarbyu" libosida o'zini tasvirlagani bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express