Van de Bek "Manchester Yunayted" bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024
"Jirona"ga o'tishi kutilayotgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek "qizil iblislar" muxlislariga murojaat qildi.

Avvalroq 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi haqida nufuzli insayder Fabricio Romano ma'lum qilgandi.

"Hurmatli "Manchester Yunayted" oilasi! Bugun unutilmas kun, chunki klub bilan bo'lgan sarguzashtim nihoyasiga etmoqda. Yillar davomida qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat aytmoqchiman. "Yunayted"ga kelganimda meni juda yaxshi kutib olishgan va buning uchun minnatdorman!

Manchester har doim mening yuragimda alohida o'rin egallaydi. Barchangizga omad, yana ko'rishguncha!", – deb yozdi van de Bek ijtimoiy tarmoqlarda.

Van de Bek "Manchester Yunayted"ga 2020 yilning sentyabrida "Ayaks"dan 39 million evro evaziga o'tgandi. Niderlandiyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida "Ayntraxt"da harakat qildi.

Futbolchi mankunianliklar safida jami 62 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min