"Uotford" Yunes Kabul bilan shartnomani bekor qildi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2018, 14:16
"Uotford" himoyachisi Yunes Kabul klubni tark etadi.

32 yoshli fransiyalik va ingliz klubi o'zaro kelishuvga ko'ra bitimni bekor qilishdi.

Kabul so'nggi marta 2017 yilning sentyabrida maydonga tushgan edi. U hozirgacha ko'plab jarohatini davoladi.

Kabul 2016 yilning avgustida "Sanderlend"dan "Uotford"ga o'tgan. Himoyachi "arilar" safida APLning 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: watfordfc.com