Ulug'bek Baqoev: "Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi"

Omonjon To`xtamirzayev
28 mar 2024, 19:50
Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Bugun "Xorazm"ga qarshi o'ynadik. Bu jamoa mavsum startini yaxshi boshlagandi. Bugungacha ular faqat g'alabaga erishib kelayotgandi. Qaysidir manoda bugun chempionat yetakchisiga qarshi maydonga chiqdik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, biroq o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik. "Xorazm" klubiga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Jasur Hasanov va Fozil Musaev kabi yoshi katta futbolchilarda tajriba bor. Masalan, Jasur Hasanov o'yin sifati bo'yicha yoshlardan qolishayotgani yo'q. Shunday ekan, nega uni maydonga tushirmaslik kerak?

Bugungi o'yin uchun yigitlarga raxmat aytaman. Ular maydonda o'zlarini yaxshi ko'rsatishayapti.

Bugun g'alaba qozonmaganimizga sabab bizga ozroq mahorat va daraja yetishmadi.  Bu futbol, shunaqasi ham bo'lib turadi. Ishlashda davom etamiz" - deydi buxoroliklar ustozi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia