Ukrainalik legioner "Neftchi"dan ketdi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023
Joriy yilning boshlarida "Neftchi"ning Turkiyadagi yig'inlariga kelib qo'shilgan va shartnoma tuzgan ukrainalik yarim himoyachi Yuriy Batyushin jamoani tark etdi.

Yuriy Batyushin "Neftchi" tarkibida birinchi davraning 6 ta uchrashuvida asosan zaxiradan maydonga tushirilib, 68 daqiqa o'ynagan va 1 ta uchrashuvda golli uzatmaga mualliflik qilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати