"Ufa" bosh murabbiyini ishdan bo'shatdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023
"Ufa" futbol klubi bosh murabbiyi Sergey Gurenko lavozimidan ozod etildi.

Uning vazifasini vaqtincha Evgeniy Xarlachev bajaradi.

Gurenko qo'l ostida jamoa 8 ta o'yin o'tkazdi. Ikki g'alaba, uch durang bilan birga jamoa uch bor mag'lubiyatga uchragan. "Ufa" ikkinchi divizionda o'z guruhida o'n jamoa ichida 9-o'rinda ketmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcufa.pro